Joriy yilning mart oyida Qozog‘istonda sotilgan har to‘rtinchi avtomobil “UzAuto Motors” tomonidan ishlab chiqarilgan. Bu haqida “Uzavtosanoat” ning telegramdagi rasmiy sayti xabar berdi.
Brend Qozog‘iston bozorida birinchi o‘rinlarni egallashni davom yetmoqda.
“UzAuto Motors” kompaniyasining umumiy savdosi 2161 ta avtomobilni tashkil etdi, bu fevral oyiga nisbatan 15% foizga ko‘proq.
Eng ko‘p sotilgan avtomobil uchtaligida Hyundai va Toyota o’rin egallagan.
Avvalroq Spot, yil boshidan beri ishlab chiqarilgan avtomobillar soni bilan tanishtirgan edi. Unga ko’ra “Cobalt” avtomashinasi yetakchi o’rinni egallagan.