Ingenuity uchuvchisiz vertolyoti Mars atmosferasida birinchi parvozini amalga oshirdi. Dron 3 metr balandlikka ko‘tarildi va uning parvozi bir necha o‘n soniya davom etdi. Ushbu parvoz NASA-ning YouTube kanalida jonli namoyish etildi.

“Ingenuity o‘zining birinchi parvozini amalga oshirdi — bu qurilmaning o‘zga sayyoradagi birinchi parvozi! Yaqin kunlarda yana bir nechta sinov parvozlari rejalashtirilgan. Kelajakda razvedkachi robotlar Marsga oid tadqiqotlarda astronavtlarga qo‘shilishlari mumkin”, deb xabar qoldirgan NASA o‘zining Twitter sahifasida.

2012-yilda e’lon qilingan “Mars 2020” missiyasining asosiy maqsadi Mars sayyorasidagi hayot izlarini qidirishdan iborat. Tadqiqot doirasida NASA 18-fevral kuni Yezero krateri yaqiniga o‘z qurilmasini qo‘ndirgandi. Qurilma sayyorada 687 kun davomida ishlashi rejalashtirilgan.

Avvalroq Spot kosmonavtlarni Oyga uchirish uchun NASA SpaceX bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edi.