Android operatsoin tizimining yangi 12 versiyasi XDA nashrining xabar berishicha, ko’p vaqtdan buyon foydalanilmagan ilovalarni avtomatik tarzda muzlatib qo’yish funksiyasiga ega bo’ladi.

Funksiya amaldagi Android 11 ning davomi bo’lib, foydalanuvchi tomonidan 2 oydan ko’proq vaqt davomida ishga tushirilmagan dastur uchun foydalanish imkonini cheklaydi. Operatsion tizimning yangi versiyasi, xuddi shu davrdan so’ng, dasturni avtomatik ravishda “uyqu” holatiga o’tkazadi va u bilan bog’liq barcha vaqtinchalik fayllarni o’chirib tashlaydi.

Sinov muddatiga qaraganda, Google baribir foydalanuvchilarga tanlash huquqini beradi — foydalanuvchi ma’lumotlarni avtomatik o’chirish parametrini o’chirib qo’yishi mumkin.

“Yashil robot” ning yangi versiyasi may oyida ishlab chiquvchilar konferensiyasida e’lon qilinadi. Operatsion tizim 2021-yilning kuzida taqdim etiladi.