Microsoft asoschilaridan biri Bill Geyts va bir qancha tahlilchilar bitkoinlar haqida fikr bildirib, vaqt o‘tishi bilan bitkoinga oid vaziyat yanada yomonlashib boraverishini tahmin qildilar.
“Menda bitkoinlar yo‘q, men qisqa sotuvlar bilan shug‘illanmayman”, — degandi Geyts o‘z intervyularining birida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bitkoin rivojlanishini oldindan aytib bo‘lmaydi va u qulab ketishi ham mumkin.
Bir necha kun ilgari g‘aznachilik kansler Rishi Sunak Angliya Bankiga markaziy bank tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan raqamli valyutani ko‘rib chiqishni buyurdi. Angliya banki tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan funtning raqamli versiyasi korxonalar va iste’molchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bankda hisob raqamlarini saqlashga va to‘lovlarni amalga oshirishda boshqalarni chetlab o‘tishga imkon beradi.
Sunak potensial markaziy bankning raqamli valyutasi (CBDC) bo‘yicha tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirayotgani haqida aytib o‘tgandi. Boshqa markaziy banklar ham o‘z valyutalarining raqamli versiyalarini yaratish haqida bosh qotirmoqdalar.
Bu borada Xitoy CBDC’ni ishga tushirish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Yevropa Markaziy banki o‘tgan hafta banknotalar va tangalardan tashqari naqd pulning elektron shaklini o‘rganayotganini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, bu jarayon bir necha yillarni o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Spot bitkoinning narxi $64 mingdan oshganligi haqida xabar bergan edi.