Britaniyaning Cable.co.uk portali dunyodagi mobil internet narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra O‘zbekiston 230 mamlakat orasida 21-o‘rinni egalladi. Bir yil davomida mamlakatimiz ko‘rsatkichlarini 33 pog‘onaga yaxshilab oldi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 Gb mobil internet narxi o‘rtacha narxi — $0,6. ekanligi qayd etildi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, 2020-fevral oyida ushbu saytda O‘zbekistonda 1 Gb mobil internet narxi 1,34 AQSh dollarini, ya’ni 14 050 so‘mni tashkil etgan. Mobil internet narxi arzonligi bo‘yicha ro‘yxatda O‘zbekiston 54-o‘rinni egallaganini ko‘rsatgan edi .

https://www.cable.co.uk/ resursining ma’lumotlari quyidagi metodologiya asosida shakllantiriladi.

Davlatdagi barcha aloqa operatorlarining ma’lum xizmati uchun narxlari, ushbu holatda 1 Gb mobil internet trafik narxlari haqida ma’lumotlar olinib, ularning o‘rtacha qiymati (mediana) belgilanadi va reytingga kiritiladi. Tahlil uchun asosan Internet xizmatidan foydalanish uchun mo‘ljallangan tarif rejalar va xizmatlar xaqida ma’lumotlar olingan.

Avvalroq Spot, O’zbekistonda internet tezligi qaysi o’rinda ekanligi haqida ma’lumot bergan edi.