Makro supermarketlar tarmog’i direktori R. Sayfulin “Alter Ego” kanalida bergan intervyusida mahalliy bozorlar va boshqa riteyl tarmoqlari bilan bo’lgan raqobat haqida gapirib berdi.
Tadbirkorning fikricha, Makro uchun eng asosiy raqib bu mahalliy bozorlar hisoblanadi. Riteyl tarmoqlari ichida esa Korzinka.uz ni o’ziga raqib deb biladi.
“Bugunga kelib o’zbek riteyl tarmog’ida ko’plab ishtirokchilar (Havas, Baraka, Fix Price, Carrefour- Spot tahriri) paydo bo’lmoqda. Har birining o’ziga xosligi bor. Biz uchun eng muhim prinsiplardan biri — bu standartlarga rioya qilishdir. Bu eng avvalo mahsulotlar, xizmatlar va do’konlar sifati doim birinchi o’rinda turadi degani. Ikkinchisi „yagona tarmoq — bir xil narx“ prinsipi. Barcha hududlarda ham bunga rioya qilish oson kechmayapti. Chunki logistika sohasidagi harajatlar mahsulot narxiga albatta ta’sirini o’tkazadi” — deydi R. Sayfulin.
Uning fikricha, o’zbek xaridorlari supermarketning boshqa formatlariga hali tayyor emas. Masalan, “Qulay do’kon” formatida mahsulotlar xaridorning uyigacha yetkazib beriladi. Bu jarayonda mahsulotni saralash, tanlash, yetkazib berish xarajatlarini qo’shganda sotib oluvchilarning noroziligi yuzaga kelmoqda. Bu muammo tarmoqda emas, balki iste’molchining an’anaviy xarid shaklidadir. Ular uchun bozor, supermarket va “qulay do’kon” bir xil ko’rinishga ega.
“Biz raqiblarimizdan ancha farq qilamiz. Eng og’riqli nuqta bo’lishiga qaramasdan biz xaridorlarga xizmat ko’rsatishda davom etmoqdamiz. Korzinka tarmog’i bilan muammoli tomonimiz bu mahsulotlar assortimentimiz birxilligidir” — deya fikr bildirdi tadbirkor.
Shuningdek, boshqa riteyl tarmoqlari bilan bilan raqobat olib borilishi haqida aytib o’tildi. Tarmoqning narxlarni shakllantirish bo’limida boshqa barcha chakana tarmoqlardagi strategik va TOP mahsulotlarning narxi kuzatib boriladi.
Albatta buni kuzatish uchun onlayn maydonlar tashkil etilgan, ammo ularda barcha mahsulotlarning narxi yozilmaydi. Boshqa qulay usuli bu — supermarketlarda yurib narxni yozib borishdir. Ammo bu hech narsani o’zgartirmaydi.
“Yangi tuman yoki shaharda shaxobcha ochish uchun ba’zida raqiblar bir- birini ogohlantiradi. agar bu aholi kam hududda bo’lsa zarar va foyda ko’rish jihatlari o’rganiladi va qaror qabul qilinadi. Shuningdek, raqiblar bir-biridan bilib olishga qiziqadigan tomon — bu aksiyalar turidadir. Qaysi mahsulotlarga qancha chegirmalar qilinayotganligini bilish bu juda muhim. Chunki bu iste’molchi oqimini ko’paytirishga xizmat qiladi” — deya qo’shimcha qildi u.
Shu bilan birga Roman Sayfulin boshqa shaharlarda supermarketlarni ochishda nimalarga e’tibor qilishi haqida ham fikr bildirdi. Bular- aholi turmush darajasining yuqorili, aholi zichligi va savdo kompekslarining mavjudligidir.