Makro supermarketlar tarmog‘i boshqaruvchisi R. Sayfulin “Alter Ego” kanalida bergan intervyusida riteyl tarmoqlari qachon an’anaviy bozorlar ustidan “g‘olib kelishi” mumkinligi haqida gapirib berdi.
Tadbirkorning fikricha, ko‘pchilik hali ham bozorlardan savdo qiladi. Lekin kun kelib bozor va riteyldan savdo qilish 50/50 bo‘ladi. Bu uchun juda uzoq muddat emas, yaqin 5−7 yil kerak ekan, xolos.
" Agar 5 yil oldingi riteyl bilan hozirgisini solishtiradigan bo‘lsak, farq sezilarli darjada. Avvallari supermarketlarda sotilgan tovarlarning miqdorida ham hozirgidagidek bo‘lmagan. Bundan tashqari, bizning tarmoq ham u qadar keng emasdi “, — dedi Sayfulin intervyu davomida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, narxlar masalasida ham odamlarda havotir bo‘lgan. Go‘yoki odamlar nazdida supermarketlardan faqatgina omadi yurishgan, o‘ziga to‘q qatlam foydalanardi. Hozirda esa bozor va do‘konlardagi narx deyarli farq qilmaydi, odamlarda bu borada ishonch ham mustahkamlangan.
Riteyl tarmoqlarining ustun tomonlari
Riteyl odamlarga bepul xizmat, mashinalari uchun joy va ayrim bonuslarni ham taqdim etib kelayapmiz. Bu esa bizning yutuqlarimiz qatoriga kiradi va odamlar bundan mamnun.
Bu tarmoqning kamchiliklari haqida gap ketganda, tadbirkor xalqimiz baribir bozorni, savdolashishni yaxshi ko‘rishini ta’kidlab, bu supermarketlar tarmog‘ining asosiy kamchili ekanligini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu narsa bora-bora odamlar hayotiga kirib boradi.
" Uch yil avval biz narxlar masalasida jiddiy o‘ylab ko‘rdik. Odamlar ulkan farq bilan bozor tomonga ketib qolmasligini xohladik. Menimcha, bu harakatlar ish berdi. Bundan tashqari, biz do‘konlarda tovarlar miqdorini kengaytirishga harakat qildik. Xaridor do‘konga kirdimi, o‘z ro‘yxatidagi barcha narsani u yerdan topa olishi kerak. Xoh u iste’mol tovari bo‘lsin, xoh boshqa. Bo‘lmasa ular bunday do‘konlarga kelmay qo‘yishlari mumkin “, — deya qo‘shimcha qilgan Sayfulin.
Eslatib o‘tamiz, Sayfulin o‘zlarining asosiy raqibi mahalliy bozorlar ekanligi haqida ham aytib o‘tgandi.