$4,4 mlrdlik boyligi bo’lgan investor va tadbirkor Mark Kyuban 22 yoshida ustozidan olgan muhim maslahatlari bilan o’rtoqlashdi. Kyuban ushbu texnikani so’nggi 40 yil davomida butun faoliyati davomida qo’llagan.
“Wild Ride! with Steve-O” eshittirishida Mark Kyuban gaplashishni yoqtirishi va suhbat davomida gapirayotgan odamni fikrini bo’lish odati borligi haqida gapirdi. Uning mentori Kyubanning gapdon ekanligiga e’tibor qaratib, suhbat jarayonida ko’proq tinglashni o’rganishni maslahat bergan.
Kyuban ustozi bilan kollejdan keyingi birinchi ishida tanishgan. O’sha paytda unga har safar yig’ish yoki ish yuzasidan uchrashuvga borganda birinchi bo’lib yon daftar va ruchka olib, unga “tingla” deb yozishni maslahat bergan.
“Men yolg’on gapirmayapman. So’nggi 40 yil davomida yig’ilishlarga borishim bilanoq birinchi qiladigan ishim yon daftarga „Tingla“ deb yozishdir” , — deydi tadbirkor.
Samarali tinglashni o’rganish investorga kelishuvlarni amalga osonlashtirdi, bu muvaffaqiyatning yana bir kalitiga aylandi.
Avvalroq Spot, Mark Kyuban efirium kriptovalyutasiga investitsiya kiritganligi haqida ma’lumot bergan edi.