Markaziy bank yillik qata moliyalash stavkasi bo’yicha taqdim etgan press-relizida milliy valyuta devalvatsiyasi to’g’risida ma’lumot berib o’tdi.
Jahonda va asosiy savdo-hamkor davlatlarda iqtisodiy faollikning bosqichma-bosqich tiklanib borishi kuzatilmoqda.
Jahonda iqtisodiy faollikning tiklanib borishi asosiy birja tovarlari narxlarini o‘zgarishida ham o‘z aksini topmoqda.
Xomashyo mahsulotlari narxlaridagi o‘sish dinamikasi joriy yilning birinchi choragida tovarlar eksporti hajmining (oltin va gazni hisobga olmaganda) o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25 foizga o‘sishiga xizmat qildi. Bunda, rangli metallar eksporti 58 foizga, tekstil mahsulotlari — 38 foizga va kimyo mahsulotlari — 21 foizga oshdi.
Joriy yilning dastlabki uch oyida transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 31 foizga o‘sib, 1,4 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Ushbu tendensiyalar, o‘z navbatida ichki valyuta bozorining barqarorligiga xizmat qildi va 2021 yil 1 aprel holatiga milliy valyuta almashuv kursining yil boshidan devalvatsiyasi 0,2 foizni tashkil etdi.
Devalvatsiya — milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan valyuta qiymatining pasayishiga olib keladigan jarayondir.