Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand viloyatidagi boshqarmasi tomonidan Kattaqo’rg’on shahar bo’limi tumanidagi moliyaviy piramidaga qurishni maqsad qilgan 3 nafar fuqaroning jinoyati fosh etildi. Bu haqida Prokuratura departamenti rasmiy kanalida xabar beriladi.

Unga ko’ra, firibgarlik moliyaviy piramidanung binar tizimi orqali amalga oshirilgan. Xususan, AQSHning “Watford LLC” kompaniyasini niqob qilgan holda soxta aksiyalarini sotib ko’proq daromad olishga undashlar kuzatilgan.

Tekshiruv natijasida, 2020-yilning iyun- sentyabr oylarida jami 86 nafar fuqarodan $74 225 miqdoridagi pullarini o’zlashtirib olingani aniqlangan.

“Watford LLC” kompaniyasidan pul mablag’lari tushganligi haqida hech qanday ma’lumot yo’qligi va bu virtual xakerlik resursi ekanligi ham ochiqlangan.

Firibgarlar Jinoyat kodeksiningtegishli moddalari bo’yicha tergov qilinmoqda.