Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal (my.gov.uz) yordamida “Oʻzbekiston pochtasi” AJ tomonidan yetkazib beriladigan joʻnatmalar holati va qaysi manzilda ekanligini kuzatib borish imkoniyati yaratildi. Bu haqida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati xabar beradi.

Xizmatdan foydalanish uchun tekshiruv qatoriga maxsus raqamni kiritib, “Qidirish” tugmasini tanlaysiz. Shundan so’ng, ekranda joʻnatmangiz holati toʻgʻrisidagi eng soʻnggi maʼlumotlar namoyon boʻladi.

Quyidagi havola orqali xizmatdan foydalanishi mumkin.

Avvalroq Spot, Ipoteka krediti uchun subsidiya olishga ariza berish xizmati qayta ishga tushirilishi haqida xabar bergan edi.