2021-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston qiymati $133,8 millionga teng bo‘lgan 218,0 ming tonna meva va sabzavotlarni eksport qilgan. Bu haqda davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
O‘zbekiston meva va sabzavotlarni eng ko‘p eksport qilgan davlatlar ro‘yxatida qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi peshqadamlik qilmoqda, qo‘shnilarimizning eksportdagi ulushi $ 25,8 millionni tashkil etmoqda. Umumiy ro‘yxat quyidagicha:
- Qozog‘iston — $26,5 million
- Rossiya — $25,8 million
- Xitoy — $20,2 million
- Pokiston — $12,9 million
- Qirg‘iziston — $11,1 million
- Afg‘oniston — $8,2 million
- Turkmaniston — $3,3 million
- Ozarbayjon — $3,3 million
- Turkiya — $3,1 million
- Ukraina — $2,7 million
- Belorussiya — $1,8 million
- Tojikiston — $1,8 million
- AQSh — $1,8 million
- BAA — $1,7 million
- Germaniya — $1,6 million
- Iroq — $1,5 million
- Boshqalar — $6,4 million.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Spot O‘zbekistonning bir qator korxonalari Rossiyaga pomidor yetkazib berish uchun ruxsat olganligi haqida xabar bergan edi.