Toyota kompaniyasi yangi turdagi Crown Vellfire nomli mashinani taqdim etdi. Faqat Xitoyda sotilishi rejalashtirilgan minivenning narxi $141,7 mingni tashkil etadi. Bu haqda kompaniya yangiliklariga asoslanib, “motor1” xabar bermoqda.
Uch qatorli hashamatli miniven old yorug‘lik optikasi va keng havo panjaralari o‘rnatilgan bamperli dizaynga ega. Bundan tashqari, mashina markaziy multimedia displeyi bilan jihozlangan bo‘lib, saloni charm bilan qoplangan. Old qismga esa Toyota Crown’ning logotipi tushirilgan.
Mazkur miniven 163 ot kuchini taqdim etishga qodir gibrid motorga ega. Ayni paytda yapon kompaniyasi miniven uchun buyurtmalarni faqatgina Xitoy bozori uchun qabul qilmoqda. Avtoulovning qachon global sotuvga chiqarilishi hozircha ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Spot Toyota Motor 15 xil rusumdagi elektromobil ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.