Dushanba kuni neft narxi bir barreli uchun $65,20 (+ 0,03%) darajasida konsolidatsiya qilingan neytral dinamikani ko’rsatdi. Bu haqda Forbes.kz xabar beradi.
Neft savdogarlari kayfiyatiga koronavirus muammosi, xususan Osiyoning yirik mamlakatlaridagi og’ir vaziyat (Hindiston, Yaponiya) ta’sir qilishi davom etmoqda.
Bozorga shuningdek, Erondan neft eksportini ko’paytirish ishlari katta bosim ko’rsatmoqda. Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy dushanba kuni yadroviy kelishuvga qaytish bo’yicha muzokaralarda sezilarli yutuqlarni e’lon qildi.
Ruhoniyning so’zlariga ko’ra, Eron va AQSh asta-sekin yadroviy bitim bo’yicha kelishuvga erishishga yaqinlashmoqda. Bozor shuningdek, chorshanba kuni bo’lib o’tadigan OPEK + uchrashuvini kutmoqda, bu yerda neft bozoridagi mavjud vaziyatni tahlil qilish va keyingi choralar muhokama qilinadi.