Avvalroq Spot, 2021-yil mart oyida dunyo bo‘yicha o‘simlik yog‘i o‘rtacha narxi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 86 foizga, joriy yil boshiga nisbatan esa 21 foizga qimmatlashgani qayd etilganligi haqida ma’lumot bergan edi.
Senat yalpi majlisida o’simlik yog’ini ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchilarni QQS dan ozod etuvchi qarorni ma’qulladi.
Paxta yogʻi narxining oshishiga asosiy sabab bu yogʻ ishlab chiqaruvchi davlatlardagi kungaboqar yogʻi narxining koʻtarilishidir. Lekin, olib borilgan oʻrganishlar natijasida mahalliy ishlab chiqaruvchi xoʻjalik yurituvchi obyektlar tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida"gi qonun buzilish alomatlari borligi aniqlandi.
Xususan, qoʻmitada tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan tovar bozorida oʻzaro raqobatchi boʻlgan paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalari oʻrtasida kelishib olingan harakatlar va kelishuvlar bor yoki yoʻqligini aniqlashtirilmoqda.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi paxta yogʻi narxlarining oʻsishini oldini olish uchun bitta xaridor tomonidan paxta yogʻini 3 tonnadan koʻp boʻlmagan miqdorda tovar va xom ashyo birjasida sotib olish hajmini chekladi.
Raqobatga zid boʻlgan harakatlar aniqlangan taqdirda, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi kompaniya va shaxslarga nisbatan Qonunda belgilangan tartibda hamma zarur choralarni koʻrishini maʼlum qiladi.