Oliy ta’lim muassasalari talabalari Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha olimpiada qatnashishlari mumkin. Bu haqda MB telegram kanali xabar beradi.
Markaziy bank oliy o‘quv yurtlari 1−3 kurs talabalarini moliyaviy savodxonlik bo‘yicha olimpiadada ishtirok etishga taklif etadi.
Olimpiada ikki bosqichda o‘tkaziladi:
- saralash bosqichi
- respublika bosqichi
Saralash bosqichida bank xizmatlari va mahsulotlari, moliya, sug‘urta hamda investitsiya mavzulari bo‘yicha nazariy va mantiqiy savollar yordamida talabalarning bilimlari sinovdan o‘tkaziladi.
Olimpiadaning saralash bosqichi joriy yil 30 aprel kuni masofaviy formatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining onlayn olimpiadalar platformasida bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari zarur
Olimpiadada ishtirok etish — bu qimmatli tajriba, o‘z kuchini sinab ko‘rish imkoniyati, yangi bilimlar va qiziqarli tanishuvlar. Olimpiada g‘oliblari diplom va mukofot puli bilan taqdirlanishadi.
O‘qish bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish uchun mukofot puli miqdori:
1 — o‘rin — 7,0 mln.so‘m;
2 — o‘rin — 5,0 mln.so‘m;
3 — o‘rin — 3,5 mln.so‘m.
Markaziy bank tomonidan Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha olimpiadani o‘tkazish qoidalari bu yerda.