2021-yil yanvar-mart oylarida O’zbekiston bo’yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori darajasi moliyaviy va sug‘urta iqtisodiy faoliyatida 6 464,9 ming so‘m, yoki respublika ko‘rsatkichidan 2,2 barobar yuqori ekanligi, aksincha eng kami esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatida 2 048,6 ming so‘m, yoki respublika o‘rtacha oylik ish haqidan 28,8 foizga kam ekanligi kuzatildi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Ta’lim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 2 246,8 ming so‘mni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 7,5% ga o‘sgan.
Sanoat iqtisodiy faoliyat turida 2021- yil yanvar- mart oylarida sanoat sohasida (qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari) o‘rtacha oylik ish haqi 3 672,0 ming so‘mni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 3,9% ga o‘sgan.
Qurilish sohasida bu davrda o‘rtacha oylik ish haqi 3 587,2 ming so‘mni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 17,6% ga o‘sgan.
Sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 2048,6 ming so‘mni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 13,1% ga o‘sgan.
Savdo sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 2 868,4 ming so‘mni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 13,7% ga o‘sgan.
Tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turida o‘rtacha oylik ish haqi 3 720,7 ming so‘mni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 10,2% ga o‘sgan.
Axborot va aloqa sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4 836,4 ming so‘mni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 16,0% ga o‘sgan.
Moliyaviy va sug’urta faoliyati sohasi o‘rtacha oylik ish haqi 6 464,9 ming so‘mni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 14,9% ga o‘sgan.
Avvalroq Spot, aholining o’rtacha umumiy daromadi haqidagi ma’lumotni taqdim etgan edi.