Amerikaning “Time” jurnali dunyo bo‘yicha “eng nufuzli kompaniyalar” reytingini e’lon qildi. Har bir kompaniyaga dolzarblilik, obro‘, innovatsionlik, yetakchilik, ambitsiya va muvaffaqiyat mezonlari bo‘yicha ball berildi. Nominatsiyalar quyidagilarni tashkil etdi:
“Liderlar”
- NBA asosiy kompaniyaga aylandi. Olti yil ichida assotsiatsiyaning yangi komissari boshchiligida NBA yillik daromadi deyarli ikki baravarga ko‘payib, 9 milliard dollarni tashkil etdi.Pandemiyadan kompaniya minimal zararlar bilan omon qoldi.
- Yangilangan platforma sabab — Twitter.
- Covid-19 vaksinasini yaratayotganliklari uchun — Pfizer va BioNTech va Johnson & Johnson kompaniyalari.
- Kengaytirilgan reallik ko‘zoynagi va elektromobil g‘oyasi sabab — Apple.
“Innovatorlar”
- Gro Intelligence. Kompaniya dunyodagi iqlim o‘zgarishini tahlil qiladi va Unilever va Yum kabi gigantlar bilan ma’lumotlarni baham ko‘radi.
- Netflix.
- Ofis yoki ziyofat uchun virtual maydon yarata olganligi uchun — Zoom.
- Dron ishlab chiqaruvchi DJI kompaniyasi.
- Fortnite Epic Games ishlab chiqaruvchilari.
“Eng kuchlilar”
- “Yashil kelajakni yaratish” g‘oyasi va elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganligi sabab eng nufuzli kompaniya — General Motors, deb tan olindi.
- “Time” shuningdek, Google, Coinbase, PayPal, Walmart, Alibaba, Facebook’ni eng nufuzli ro‘yxatga kiritgan.
“Vayron qiluvchilar”
- Covid-19 virusini dekodlash bo‘yicha ishlari sabab — Illumina kompaniyasi.
- Avtomobilsozlik sanoatini elektrlashtirayotganligi uchun — Tesla.
- Eng ommabop mobil oziq-ovqat yetkazib berish dasturi uchun — DoorDash.
- Birinchi haydovchisiz taksini yaratganligi sabab — Didi Chuxing.
- Kichik biznesga berayotgan yordamlari sabab — Shopify.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Spot dunyoning TOP-50 innovatsion kompaniyalari haqida xabar bergan edi.