Xitoy o‘zining “Chanchjen-6” raketasi bortida to‘qqizta tijorat yo‘ldoshini uchirdi, deya xabar qilmoqda “Красная весна” Sinxua yangiliklariga tayanib. Raketa Xitoy shimolidagi Shansi provinsiyasidagi Tayuan kosmodromidan uchirilgan.

Bir qator sun’iy yo‘ldoshlar, jumladan Qilu-1 va Qilu-4 rejalashtirilgan orbitalariga joylashtirildi. Mazkur yo‘ldoshlar Xitoyning sharqidagi Shandun provinsiyasi yerini o‘lchash, shaharsozlik, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, energetika, shuningdek, tabiiy ofatlarning oldini olish bo‘yicha masofaviy zondlash xizmatlarini taqdim etadi.

Raketa bortidagi boshqa sun’iy yo‘ldoshlardan sun’iy yo‘ldosh platformalarini loyihalash texnologiyalari, real vaqtda tasvirlash va kuzatish, ma’lumotlarni yig‘ish hamda kichik osmon jismlarini kuzatish uchun foydalaniladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Spot “SpaceX” orbitaga bir nechta sun’iy yo‘ldoshlarni muvaffaqiyatli joylashtirganligi haqida xabar bergan edi.