Amerikaning Apple Inc. (SPB: AAPL) kelasi besh yil davomida AQSh iqtisodiyotiga 430 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ kiritish ortidan yangi avlod yarimo‘tkazgich qismlarini ishlab chiqarish va 5G texnologiyalarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “vesti.ru” xabar bermoqda.

Rejalashtirilgan sarmoyalar kompaniyaga Qo‘shma Shtatlarda qo‘shimcha 20000 yangi ish o‘rinlari yaratishga imkon berishi kutilmoqda.

$430 milliardlik sarmoyaga kompaniyaning butlovchi qismlarni sotib olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlari, ma’lumotlar markazlariga sarmoyalar, shuningdek, Apple TV + xizmati uchun tarkib yaratishni o‘z ichiga oladi.

Bundan tashqari, kompaniya Nyu-Karolinadagi loyihalarga $1 milliarddan ko‘proq mablag‘ sarflashni rejalashtirmoqda, loyiha asosida yangi talabalar shaharchasi, shuningdek, tadqiqot-muhandislik markazi qurish boshlanadi.

Avvalroq Spot Apple’ga oid xabarda kompaniya talabning pastligi sababli AirPods ishlab chiqarishni qisqartirmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edi.