“Kvarts” aksiyadorlik jamiyati Tenge bank tomonidan 47,3 mlrd so’m miqdoridagi kredit oldi. Bu haqda korporativ ma’lumotlarning yagona saytida xabar beriladi.
Bu summa sutkasiga 400 tonna yangi silliqlangan oyna ishlab chiqarish liniyasi qurilishi uchun sarflanadi. Qaror kuzatuv kengashi tomonidan 16- aprel kuni qabul qilingan.
Olingan kredit korxona sof aktivlari miqdorining 13,4 foizini tashkil etadi.