Xuddi shu nomdagi messenjerga egalik qiluvchi Telegram Group kompaniyasi qo’shimcha $750 mlnga yevrobondlarni joylashtirilishini amalga oshirmoqda, deb xabar berdi Vedomosti.
28-aprel kuni joylashtirish tashkilotchilari buyurtmalar kitobini yopdilar, qimmatli qog’ozlar bozorda 6-maydan muomalaga chiqadi, deyiladi investorlar uchun yopiq bo’lgan Bloomberg manbasida.
Ma’lumot uchun: Telegram Group Inc., konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar chiqarish haqida fevral oyida xabar berilgan edi. Bu bilan u $1 mlrd dollar miqdorda investitsiya jalb qilishni ko’zlagan.
Agar Telegram yaqin besh yil ichida IPO o’tkazsa, ulushga ega investorlar obligatsiyalarni narx uchun 10 foizli chegirmalar bilan aksiyalarga aylantirish imkoniga egalar.