Mastercard Inc AQSHning Gemini kriptovalyuta birjasi bilan hamkorlikda joriy yil raqamli valyuta kredit kartalarini ishga tushiradi. Bu rivojlanayotgan aktivlar sinfidagi yirik to‘lov firmalarining ishtirokini oshirishi aytilmoqda. Bu haqda Coindesk kriptobirjasi xabar beradi.
Kartadan foydalanuvchilar yozdan boshlab sotib olishlar natijasida bitkoin yoki boshqa kriptovalyutalarda 3 foizgacha pul olish imkoniga ega bo‘ladi, deyiladi Mastercard kompaniyasi xabarida.
Ma’lum bo‘lishicha, kartani Yuta shtatida joylashgan raqamli qarz beruvchi WebBank chiqaradi. Qolaversa, uni faqat AQSH hududida sotib olish mumkin.
Mastercard kompaniyasi va Visa to‘lov xizmati gigantlari kriptovalyutalar bilan aloqalarni kuchaytirmoqda. Chunki so‘nggi oylarda yirik investorlar va kompaniyalar bitkoin hamda uning turlariga katta qiziqish bildirgan.
Ma’lumot uchun: Mastercard kompaniyasi fevral oyida o‘z tarmog‘idagi ba’zi kriptovalyutalarni qo‘llab-quvvatlash taklifini bermoqchi ekanini aytgan edi. Visa esa to‘lov tizimidagi operatsiyalarni bajarish uchun kriptovalyutadan foydalanishga ruxsat beradi.