“Asakabank” AJ va “Suntronix PTE LTD “xalqaro konsalting kompaniyasi o‘rtasida keng ko‘lamli raqamli transformatsiya dasturi loyihasi imzolandi. Bu haqda Bankers.uz sayti xabar beradi. Ushbu dastur to‘rtta axborot tizimini joriy etishga asoslangan:
- CRM-tizimlari (mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish);
- HCM tizimlari (Inson Kapitalini boshqarish);
- korporativ ma’lumotlar ombori va boshqaruv hisoboti;
- bankning axborot tizimlaridagi barcha ish jarayonlarini bog‘lovchi integratsiya platformasi.
Transformatsiya “Suntronix” xalqaro konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilib, uning mutaxassislari loyihani ekspert, uslubiy, texnik va texnologik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi. Suntronix bosh pudratchi vazifasini bajaradi va loyihaga dunyodagi yetakchi dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilarini jalb qiladi.
“Asakabank” ning raqamli transformatsiya dasturi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha parallel ravishda amalga oshiriladi va bir yarim yilga mo‘ljallangan.