Yangi tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasasida iqtisod, qishloq xo‘jaligida menejment, maktabgacha ta’lim, buxgalteriya hisoboti va audit, turizm, mehmonxonalarni boshqarish va tashkil etish kabi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Unda aytilishicha, professor-o‘qituvchilar tarkibinining 25% qismi xorijiy universitetlardan taklif qilinadi. Shuningdek, har yilgi qabul parametrlarining 10% dan kam bo‘lmagan qismi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari uchun ajratiladi. Ular orasidan tanlab olinib, tanlanganlar grant asosida o‘qitiladi.
Ta’lim muassasasini bakalavriat va magistratura bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida tan olinadigan diplom beriladi. 2021−2022-o‘quv yilidan psixologiya, boshlang‘ich ta’lim va jismoniy tarbiyaviy ishlar, maktabgacha ta’lim, iqtisod, qishloq xo‘jaligida menejment, buxgalteriya hisoboti va audit, turizm, mehmonxonalarni boshqarish va tashkil etish yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyatini boshlashi ma’lum qilindi.
Universitet sobiq Jizzax aviatsiya bilim yurti binosiga joylashtirilishi mo‘ljallangan. Bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, mebel, o‘quv va ilmiy asbob-uskunalar, shuningdek axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash uchun to‘rt yil davomida $3 million investitsiya kiritish belgilangan.