O‘zbekiston bozoriga kirib kelgan Skoda yangi avtomobillarni taqdim etishda davom etmoqda. Bugun Octavianing 8 avlodi ichki taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davletov.uz telegram kanalida xabar berildi. Shuningdek xabarni “O'zavtosanoat” ham tasdiqladi.

Kompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, bu model O‘zbekiston bozoridagi biznes klass avtomobillarga raqobatchi bo‘ladi. Ayni vaqtda O‘zbekistonda 1,4 litr hajmga ega turbo dvigatel varianti keltirilgan bo‘lib, u 150 ot kuchiga ega. Kelgusida 2 litr hajmdagi turbo dvigatel ham olib kelinishi ko‘zda tutilgan.

Bu turdagi modellar 2019-yilda taqdim etilgan edi. Hozirda kompaniya is’temolchi xarid qobiliyati, bozor sharoitlarini o’rganmoqda (car cllinic).

Yetkazib berish muddati va narxi hali noma’lum — ular tadqiqot natijalariga ko’ra tanlanadigan variantlar asosida aniqlanadi, deb xabar berdi Spotga “O'zavtosanoat” matbuot xizmati. May oyida modelni oldindan ko’rish kutilmoqda.

Foto: t.me/davletovuz

Hozirda O’zbekistonda Škoda Kodiaq va Volkswagen Caddy modellari sotilmoqda.Shuningdek, Jizzaxda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun loyiha ishlab chiqilmoqda.

“Folksvagen Grup Rus” bilan tuzilgan shartnomaga binoan birinchi bosqichda (2020−2021) avtomobillar chetdan tayyor holda olib kelinadi. Bular Spot ilgari yozgan Volkswagen avtomobillari, shuningdek, Škoda (1991-yildan beri Volkswagen guruhining bir qismi). Bunga parallel ravishda Farg’ona, Toshkent va Jizzaxda dilerlik tarmog’ini yaratish bo’yicha ishlar olib boriladi.

Mashina ehtiyot qismlarini yig’ilishi Jizzax avtomobil zavodi ishchilari maxsus tayyorgarlikdan o’tgandan so’ng boshlanadi. Ikkinchi bosqichda, 2022-yildan boshlab asta-sekin to’liq ishlab chiqarish tsiklini tashkil etishga o’tish rejalashtirilgan.