SpaceX’ning Starship SN15 prototip raketasi 10 km balandlikka koʻtarilib, muvaffaqiyatli qoʻndi, deya yozmoqda kompaniya oʻzining Twitter’dagi sahifasida.

Bu kosmik raketaning 10 km masofada uchgan beshinchi prototipi hisoblanadi. SN15'ning pastki qismi xuddi SN10 singari qoʻnish payti yongʻin keltirib chiqardi. Olov avtomatik oʻchirish tizimlari yordamida oʻchirildi.

Xabarda aytilishicha, 2021-yil mart oyida Starship SN9 prototipi qoʻnishidan 10 minut oʻtgach portlab ketgan. Portlash geliyning dvigatelga oqishi tufayli yuz bergan. Shu sabab, Starship SN15 raketasining muvaffaqiyatli uchirish va qoʻnishi uchun yuzlab konstruktiv oʻzgarishlar amalga oshirildi.

Muvaffaqiyatli qoʻnish — sinovning asosiy maqsadi edi. SpaceX shuningdek, issiqlik himoyasi va Raptor dvigatellarini ham sinovdan oʻtkazib oldi.

Maʼlumot uchun, Starship Oy va Marsga parvozlar uchun moʻljallangan raketa hisoblanadi. U 100 yoʻlovchini qabul qila oladi. SpaceX bu kosmik raketa orqali 2026-yilda odamlarni Marsga yuborishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Spot, Blue Origin kompaniyasi kosmosga sayohat uchun chipta sotayotganligi haqida xabar bergan edi.