Vazirlar Mahkamasining “Davlat ishtirokidagi korxonalarning aktivlaridan samarali foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Unga asosan, birinchidan, davlat ishtirokidagi korxonalarning 654 ta ko‘chmas mulk obyektlarini belgilangan tartibda Davaktiv agentligiga davlat mulki sifatida o‘tkaziladi;
Ikkinchidan, 50 ta ko‘chmas mulk obyektlaridan samarali foydalanish maqsadida, ular davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga davlat mulki sifatida belgilangan tartibda balans qiymatida operativ boshqarish huquqi asosida o‘tkaziladi;
Uchinchidan, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va xo‘jalik jamiyatlariga 49 ta tashkilotning ustav kapitalidagi aksiya paketlari (ulushlari) balans qiymatida o‘tkaziladi;
Ma’lumot uchun. Qoraqalpog’iston Respublikasida — 89 ta, Andijonda — 65 ta, Buxoroda — 39 ta, Jizzaxda — 24 ta, Qashqadaryoda — 136 ta, Navoiyda — 22 ta, Namanganda — 18 ta, Sirdaryoda — 17 ta, Samarqandda — 19 ta, Surxondaryoda — 39 ta, Farg‘onada — 66 ta, Xorazmda — 75 ta, Toshkent viloyatida — 113 ta, Toshkent shahrida — 31 ta obyekt
To‘rtinchidan, 654 ta ko‘chmas mulk obyektlari baholangan qiymatda “E- auksion” elektron savdo maydonchasiga ommaviy savdolarga chiqariladi;
Beshinchidan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilgan (49 ta) ulushlarni ommaviy savdolarga chiqarishning boshlang‘ich narxi baholangan qiymatida belgilanadi.