Avtomobil sanoati yarimo’tkazgichlar yetishmasligidan zarar chekmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida 2 mln dona mashina ishlab chiqarilishi mumkinligi haqida xabar beriladi. Agentlikda mikrosxemalar yetishmovchiligi global avtoprom konsernlarining yillik hisobitlari orqali yanada yaqqol ko’rinib bormoqda deyiladi.

Hozirda chip ishlab chiqaruvchilar muammo 2022-yildan oldin hal bo’lishi qiyin ekanligini ta’kidlashmoqda. Mashina ishlab chiqaruvchi korxonalar esa nafaqat mahsulot sonini kamaytirishga, balki kam sonli chiplar sarflash uchun yig’ish jarayonida komponentlarning osonlashtiruviga e’tibor berishmoqda.

“Yarimo'tkazgichlar yetishmasligi haqida xabar berayotgan yirik sanoat o’yinchilarining ro’yxati kun sayin ishib bormoqda, uning ta’siri esa kutilganidan ham tez ko’rinish bermoqda. Bizning baho berishimizcha, bu faktor butun dunyoda birinchi yarim yillikda 2 mln donagacha qisqarishi mumkin”, — deyiladi agentlik xabarida.

Avtomobil sanoati uchun chiplar yetishmovchiligi butun dunyoda 2020-yilning bahorida avtokonsernlar mashinalar uchun buyurtmani kamaytirganliklari ortidan kelib chiqdi. Keyinchalik tarmoqning qayta tiklanishi uchun boshqa tarmoqlarning mikrosxemalarga bo’lgan talabi shunchalik tez o’sib ketdiki, bu talabni qondirish qiyinlashib ketdi (chiplarni ishlab chiqarish uchun 6 oy va undan ko’p muddat talab etiladi).

Yarimo’tkazgichlar yetishmasligi muammosi bilan O’zbekiston avtopromi ham duch keldi. Buning natijasida kompaniya buyurtma berilgan mashinalarni yetkazib berish muddati 2 oygacha cho’zilishi haqida ogohlantirgan edi.

Yil boshida IHS Markit chiplar yetishmasligini ortidan dunyo bo’ylab 1 mln dona avtomobil zarar ko’rgani haqida ma’lumot bergan (umumiy ishlab chiqarishning 5 foizi).

Muammoni yechimi 2022-yilning ikkinchi choragida butunlay hal etilishi kutilmoqda. Joriy yilning iyul- dekabr oylarida esa yetkazilgan zararning bir qismi qoplanadi.


Vaziyatnin yanada qiyinlashtirgan voqealardan biri — Yaponiyaning Renesas Semiconductor Manufacturing Co. zavodida katta yong’in yuzaga kelganligidir, undan oldin esa fevralda Texas hududida qor bo’ronlari sababli ishlab chiqaruv jarayoni to’xtatildi.

Oxford Economics o’z tadqiqotlarida xabar berishicha, yarimo’tkazgichlarni sotish hajmi qiymat jihatidan o’sib bormoqda — hozirda bu ko’rsatgich 2020-yilning shu davriga qaraganda 15 foizga ko’pdir.

“Yarimo'tkazgichlarga bo’lgan talab xizmatlar sohasidan tovarlarga sarflanadigan mablag’larning o’zgarishini va ushbu tarkibiy qismlar muhim bo’lgan mahsulotlar turlarining o’sishini kuchaytirmoqda. Shuningdek, Xitoyning savdo urushi doirasida mikrosxemalarni jamg’arib qo’yishga bo’lgan istagi vaziyatni yanada og’irlashtirmoqda”, deb izohlaydi tadqiqot.

Yarimo’tkazgichlar muammoasi eng ko’p tarqalayotgan holat asosan uncha katta bo’lmagan kompaniyalarda yuzaga kelmoqda. Ammo yirik konsernlarni ham bu muammo cheklab o’tmayotganligi muammo qanchalik global ekanligidan darak beradi.

Vaziyatni muvozanatga keltirish uchun ehtiyoj eng yuqori bo’lgan kompaniyalar texnika ishlab chiqaruvchilar Samsung, Microsoft va Sony chiplarni kerakli kompaniyalarga jo’natish kerakligi haqida xabar bergan edi.

Ma’lumot uchun: Mikrosxemalar yetishmasligi sabab Samsung Note versiyasidagi smartfonlarni joriy yilda ishlab chiqarmasligi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Bundan kelib chiqib, Oxford Economics oldingi tahlillarni qaytadan ko’rib chiqdi. Ishlab chiqarishning qisqarishi dunyo YaIMini 0,1%ga Germaniya iqtisodiyotini 0,3 %ga, AQSH iqtisodiyotini esa 0,2 % kamayishiga olib kelishi mumkin.

Taiwan Semiconductor Manufacturing Co. mikrosxemalarga bo’lgan talabning qismini joriy yilning iyun oyigacha qoplab berish haqida xabar berishgan. Ammo muammo 2022-yilning boshigacha cho’zilishi haqida hamta’kidlab o’tilgan.

Avtomobil ishlab chiqaruvchilari chiplarning нetishmasligi sharoitida ishlab chiqarishni qisqartirish to’g’risida ommaviy ravishda xabar berishni davom ettirmoqdalar.


Masalan, Stellantis, joriy yilning birinchi chorakda rejalashtirilgan ishlab chiqarish hisobidan 11% zarar ko’rganligi haqida xabar bergan.Uning fikricha 2021-yilning ikkinchi choragi hozirgidan ham yomonlashishi mumkin.

Shu bilan birga, 2011-yildan buyon faqat sof foyda bilan ishlab kelayotgan Amerikaning Ford brendi chiplar yetishmasligi kuchayib borayotganligi va bu kompaniyaning ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko’rsatishi haqida hham aytib o’tgan.

Volkswagen esa ba’zi fabrikalarida ishlab chiqarishni qisqartirishga va to’xtatishga majbur bo’ldi. Kompaniya ushbu defitsitning ta’siri ikkinchi chorakda yanada kuchliroq bo’lishi mumkinligiga yakdil fikr bildirgan.

Aprel oyining oxirida, birinchi marta BMW xuddi shu muammo ortidan ishlab chiqarish hajmining pasayishi to’g’risida e’lon qildi: bu Buyuk Britaniya va Germaniyadagi zavodlarda amalga oshirilishi aytilgan.

Ishlab chiqarishni qisqartirishdan tashqari, avtomobilsozlar vaziyatni barqarorlashtirish uchun boshqa choralarni ko’rmoqda.

Yarimo’tkazgichlar muammosining kuchayishiga sabab bo’lgan omillardan yana biri bu — elektromobillarga bo’lgan talabning oshishi bilan bog’liq. NXP Semiconductor kompaniyasi talabni qondirish uchun ishlab chiqarish hajmini 20 foizga oshirish haqida aytib o’tgan.


Umuman olganda, Oxford Economics yarimo’tkazgichlar defitsitini global iqtisodiyot uchun jiddiy muammo deb hisoblamaydi. Ularning ta’kidlashicha, bunday tarkibiy qismlarning yetishmasligi, asosan, sanoat sektorining faol holatini aks ettiruvchi yuqori talabning natijasidir. Kompaniyalarda yuz bergan yo’qotishlar yil oxiriga qadar qoplanishiga umid qilishmoqda.