Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari 1-may holatiga koʻra $34,1 milliardni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank maʼlumot bermoqda.
Bu aprel oyiga nisbatan $1,5 milliardga koʻpdir. Zaxiralar yanvar oyidan beri birinchi marta oʻsishga erishdi. Bunga asosiy sabab oltin boʻlib, uning narxlari tushishdan toʻxtagan. Ushbu nashr paytida oltinning bir untsiya narxi $1839 ga teng boʻlmoqda. Taqqoslash uchun, aprel oyida bu koʻrsatkich $1744 ni tashkil etgandi.
Ma’lumot uchun, zaxiralar mamlakat uchun “xavfsizlik yostigʻi” hisoblanadi va ular tashqi taʼsirlarga qarshi bufer vazifasini bajarib beradi. Zaxiradagi mazkur metallning miqdori 9,5 tonnaga oshib, 11,2 million troy untsiyasidan — 11,7 millionga yetdi.
Amaldagi zaxiralar 20 oydan ortiq importni moliyalashtirish uchun yetarli boʻlib, bu rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan koʻrsatkichdan ancha yuqori.