Shavkat Mirziyoev, 10 may kuni “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi PQ-5110-sonli qarorga imzo chekdi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2021-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 13 may — payshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, mamlakatimizda 2021-yil 13 may Ramazon Hayiti bayrami sifatida nishonlanishi belgilandi.
Shuningdek, Prezidentning 10 maydagi PF-6222-sonli Farmoni asosida 2021 yil 14 may (juma) hamda 15 may (shanba) kunlari qo‘shimcha dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Bundan kelib chiqib, o‘zbekistonliklar Ramazon Hayiti munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladigan bo‘lishdi:
13-may, payshanba — Ramazon Hayitining birinchi kuni (ishlanmaydigan bayram kuni);
14-may, juma — qo‘shimcha dam olish kuni (barcha uchun);
15-may, shanba — qo‘shimcha dam olish kuni (barcha uchun);
16-may, yakshanba — umumiy dam olish kuni.
Qarorning to‘liq matni bu yerda.
10 may 2021, 17:21
Qonunchilik
May oyidagi qo’shimcha dam olish kunlari ma’lum qilindi
Qarorga ko’ra, 13−16-may kunlari dam olish kunlari etib belgilandi.

Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
«Spot»
- 2 134
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 21:37 Biznes
Biznes-ombudsman elektromobillar importidagi cheklovlar bo‘yicha O‘zstandart agentligiga so‘rov yubordi
Tomonlar bu masalani ijobiy hal etish imkonini muhokama qildi. Uning huquqiy jihatlariga aniqlik kiritish uchun agentlikka so‘rov xati yuborildi.
Kecha, 20:02 Energetika
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim hududlarda elektr energiyasi o‘chiriladi
3-aprel kuni tumanning ayrim hududlariga belgilangan vaqtlarda elektr energiyasi yetkazib berilmaydi.
Kecha, 19:19 Iqtisodiyot
O‘zbekiston diplomlari Germaniyada tan olinishi mumkin
Germaniyalik mutaxassislarga O‘zbekistonda ishlashlari uchun imtiyozlar berish taklif qilinmoqda.
Kecha, 18:48 Qonunchilik
Toshkentda minivenlarda taksichilik qilishga ruxsat beriladi
Bundan tashqari, agregatorlarga yo‘nalishsiz taksilarga ayrim hududlarda to‘xtash, bepul kirish hamda avtobus yo‘lagida harakatlanish huquqi beriladi.
Kecha, 18:08 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda boy aholini soliqqa tortishning alohida tizimini yaratish rejalashtirilmoqda
Soliq qo‘mitasi eng yuqori hamda xorijda olingan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarning to‘liq bazasini shakllantiradi.
Kecha, 18:04 Qiyofa
Sun’iy intellekt 10 yildan so‘ng shifokorlar va o‘qituvchilarning o‘rnini egallaydi — Bill Geyts
Geytsga ko‘ra, sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalarning tez rivojlanishi tibbiy xizmat ko‘rsatish va tashxis qo‘yishni yaxshilashdan tortib, sun’iy intellekt repetitorlari va virtual yordamchilarning keng tarqalishigacha bo‘lgan sohalarda kuzatiladi.
Kecha, 17:21 Iqtisodiyot
“Biznesni legallashtirish hisobiga soliq keshbekini 2% gacha oshirishga tayyormiz” — Soliq qo‘mitasi
Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevning qayd etishicha, har qanday to‘lovlarni Soliq qo‘mitasining elektron xizmatlari orqali amalga oshirish soliq to‘lovlaridan qochish ehtimolini kamaytiradi.
Kecha, 17:17 Texnologiyalar
Meta joriy yil oxirigacha kengaytirilgan reallik ko‘zoynaklarini chiqaradi — Bloomberg
Qayd etilishicha, qurilmaga Hypernova degan kod nomi berilgan. Ko‘zoynaklarning narxi taxminan $1300−1400 atrofida bo‘lishi mumkin.