SpaceX kompaniyasi vitse-prezidenti Tom Ochinero Dogecoin sayyoralararo savdoning asosiy valyutasiga aylanadi deya izoh qoldirdi. Bu haqda Cision portali xabar beradi.
" Bu missiya Yer orbitasidan tashqarida ham kriptovalyutaning foydalanishini ko’rsatib beradi va sayyoralar uzra savdoga asos soladi", deydi T. Ochinero.
Missiyani amalga oshirish va tadqiqotlar olib borish uchun Geometric Energy Corporation tomonidan “DOGE-1” raketasi ishlab chiqilgan. Oyga uchish 2022-yilnung birinchi choragida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Avvalroq Spot, Ilon Mask Oy missiyasi uchun Dogecoinda to’lov qilinganligi haqida xabar bergan edi.