Efirium narxlarni yangilashda davom etmoqda. Binance kriptobirjasining ma’lumotlariga ko’ra 10-mayda Efirium kripto aktivi $4000 dan oshgan. Hozirga kelib uning narxi $4130 ni tashkil etmoqda.

12-aprel kuni esa u $2 200 ni qayd etgan. Hozirga kelib, CoinMarketCap saytida ETH bozor kapitalizatsiyasi bo’yicha bitkoindan keyingi 2-o'rinni egallagan.

Hozirda bu turdagi altkoinning kapitalizatsiyasi $475 mlrdni tashkil etmoqda. Bitkoinning bozordagi kapitalizatsiyasi $2 trlndan oshganligi haqida esa Spot avvalroqxabar bergan edi.