Jahon banki Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan hamkorlikda “Oʻzbekistondagi institutsional salohiyatni oshirish loyihasi” doirasida xalqaro baholash standartlari asosida Yagona milliy baholash standartini qayta koʻrib chiqish, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda takliflar ishlab chiqish uchun konsalting kompaniyasini jalb qiladi. Bu haqda davlat aktivlarini boshqarish agentligi e’lon qoldirgan.
Tenderda ishtirok etish uchun takliflarni ingliz yoki rus tilida 17-mayga qadar piu_mof@mail.ru elektron pochta manziliga yuborish kerak boʻladi.
Takliflarni yuborish shartlari va tartibini ushbu havoladan topish mumkin.
Tender haqida batafsil maʼlumot agentlikning rasmiy veb-saytida keltirib oʻtilgan.