01

Gap nima haqida ketmoqda

Soʻnggi bir yilda bitkoin 500% ga, ethereum esa 1500% ga qimmatlashdi. Hozirda ular kapitalizatsiya boʻyicha $2 trilliondan ortiq boʻlgan ikkita eng yirik kripto-aktiviga aylanishgan.

Ayni paytda Oʻzbekistonda birja orqali kriptovalyutani qonuniy ravishda sotib olishning iloji yoʻq, ammo bu narsa tez orada oʻzgarishi mumkin. Shuning uchun, hozir ethereum va bitkoinning aslida nima ekanligi va ularning bir-biridan qanday farq qilishini bilishning ayni vaqti.

02

Bitkoin bu nima

Bitkoin birinchi raqamli valyuta boʻlib, dunyoning har xil nuqtasidan ikkita odam oʻrtasida qiymatni yuborishning muvaffaqiyatli usuli edi. Aslida hammasi shunday boshlangan.

Satoshi Nakamoto ismli kimdir (bir kishi yoki guruh) bitkoindagi har bir tranzaksilayalarni roʻyxatga olish uchun raqamli va tartibli tizim (blokcheyn) ni yaratdi

Bu ikki barobar xarajat qilish muammosini hal qildi. Shuningdek, bu bitimlar hukumat, banklar yoki korporatsiyalar kabi oddiy vositachilarning ishtiroki yoki aralashuvidan mustaqil ravishda amalga oshirilishini anglatardi.

Bitkoin birinchi marta 2009-yil yanvarida faollashtirilganida, deyarli foydali emasdi. Biroq oradan vaqt oʻtib, 2021-yil aprel oyida uning qiymati $65 mingga teng boʻldi.

03

Ethereum

Ethereum dasturchi Vitalik Buterin tomonidan yaratilgan boʻlib, u ushbu mavzudagi birinchi texnik hujjatni 2013-yilning oxirida chiqargan edi.

Buterin aslida bitkoinlar ishqibozi edi, ammo u bora-bora cheklovlardan norozi boʻlib, statik qiymatlarni tuzatishdan tashqari koʻproq narsani qila oladigan tizim yaratishga qaror qildi.

Uning gʻoyasi keyinchalik smart-shartnomalar deb nomlanadigan blokcheynga olib keldi, bu — oʻz-oʻzidan bajariladigan kelishuvlar boʻlib, unda baʼzi bir shartlar va kutilmagan holatlardan harakatlar zanjiri paydo boʻlishi mumkin edi.

Ushbu bitimlardagi yagona cheklov — bu ishlab chiquvchilarning tasavvuridir, xolos.

04

Ethereum bitkoindan nimalarni oʻzlashtirgan

Asosan — tranzaksiyalarning yigʻma yozuvlarini almashadigan markazlashmagan kompyuterlar tarmogʻi boʻylab ishlash gʻoyasi. Ikkala tizim ham ochiq koʻrinishda va ochiq kodli dastur asosida qurilgan.

Ushbu turdagi tekshirish tizimi ishning isboti deb ataladi. Ular baʼzida energiya isteʼmoli va ifloslanishida tanqid ostiga ham olinadilar. Hisob-kitoblarga koʻra, bitkoin tarmogʻi bir yilda Shvetsiyaga qaraganda koʻproq elektr energiyasini “isteʼmol qiladi”.

05

Bitkoin qanday rivojlangan

Hozirda baʼzi mamlakatlarda (Oʻzbekiston ular tarkibida yoʻq) bitkoin xarid va oʻtkazmalar uchun ishlatilishi mumkin.

Uzoq vaqtdan beri marjinal-aktiv va nomaʼlum foydalanuvchilar uchun vosita boʻlgan kriptovalyuta raqamli oltinga aylanib bormoqda, u qiymatlar ombori boʻlish qobiliyati uchun ham qadrlanadi.

Albatta, bitkoin oʻzgaruvchanligi bilan tanilgan va oʻz tarixida juda koʻp pasayish va oʻsishlarni boshidan kechirgan (Spot bitkoin haqida birinchi martayozganida, uning narxi $9517 ni tashkil etgan), ammo u baʼzi odamlarni inflyatsiyadan himoya qila olishi taʼkidlanadi.

Koʻp odamlar, albatta, bitkoinni boshqalar sotib olayotganligi uchun sotib olishadi.

06

Ethereum qanday rivojlangan

Mana bu joyda katta farq boshlandi. Ethereum ham evolyutsiyani boshidan oʻtkazdi, ammo oʻzgarishlar uning Ethereum tarmogʻini saqlash yoki investitsiya sifatida emas, balki amalda qanday ishlatilganligi bilan bogʻliq edi.

Birinchi “portlash” 2017-yilda, ICO oʻtkazishni modaga aylantirganda sodir boʻldi. Ularning aksariyati Ethereum blok zanjiridan foydalangan. Ha, regulyatorlar ICO-ni tezda cheklay olishdi, ammo bu holat Ethereum banklar yoki venchur kapital kompaniyalarini chetlab oʻtib, pul yigʻa olish imkonini koʻrsatdi. Bu mablagʻ yigʻishning yangi usuli edi.

Ikkinchi “portlash” 2020-yilda, markazlashtirilmagan moliya loyihalari — DeFi gullab-yashnagan paytga toʻgʻri keldi. Bu ethereum depozitlari boʻyicha foizlar toʻlashni, kafolatlangan kredit berishni taklif qilgan va foydalanuvchilarga markazlashtirilmagan birjalarda kriptovalyutalarini almashtirishga imkon beradigan startap edi. Ethereum yana alternativa sifatida maydonga chiqdi. Va yana bularning barchasi banklar yoki brokerlarning ishtirokisiz boʻldi.

Uchinchi “portlash” esa hali davom etmoqda.

07

Nega ularning qiymati va foydalanish narxi orasidagi farq oʻsib boradi

Bitkoin yirik kompaniyalar — Micro Strategy, Tesla, Morgan Stanley, J.P. Morgan Chase kompaniyalari tomonidan unga boʻlayotgan qiziqish fonida oʻsib bormoqda. Kriptovalyuta ular tomonidan fond yoki sarmoyalarni yaratishda foydalaniladi.

Ethereumʼning narxi esa ishlab chiquvchilar va boshlangʻich tashkilotlarning qiziqishi sabab oʻsadi. Sababi u turli xil blokcheyn loyihalarida eng koʻp ishlatiladigan narsalardan biridir.

08

Hajm muhimmi

Unchalik emas. Ethereum allaqachon bitkoinga qaraganda koʻproq foydalanilmoqda va koʻplab ishlab chiquvchilar buning ustida ishlamoqda. Bu borada ethereum koʻplab imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Soʻnggi paytlarda bitkoin daʼvo qiladigan umumiy bozor ulushi pasaymoqda, chunki ethereumʼning qiymati sezilarli darajada oshib ketdi. CoinGecko trekerining maʼlumotlari koʻra, bitkoin hozirda kriptovalyuta bozori umumiy qiymatining taxminan 46% ini (yil boshida bu taxminan 70% ni tashkil etgan), ethereum esa 15% ni tashkil etadi.

09

Tavakkalchilik, xatarlar bormi

Asosiy xavf shundaki, haddan tashqari ogʻir moliyaviy yoki soliq qoidalari blokcheyn, ethereum va bitkoinning rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin. Masalan, Pavel Durovning TON blokcheyn loyihasi aynan regulyator tufayli yopilgan edi.

Oʻzbekistonda bir necha yil oldin blokcheyn tomonqadam tashlandi, ammo hozirda “keyslar” deyarli yoʻq. Mamlakat shuningdek, kriptovalyutadan toʻlovlarni qabul qilish vositasi sifatida foydalanishni taqiqlaydi, uni faqat birjada sotish mumkin.

Bundan tashqari, firibgarlar tomonidan kriptovalyutani oʻgʻirlash yoki uni himoya kalitini yoʻqotish va narxlarning qulashi kabi xavflar ham mavjud.

10

Hammasi shunchaki “pufak” boʻlishi mumkinmi

Mumkin. Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, baʼzi tahlilchilar hozirgi bitkoin va ethereum narxlarining oʻsishini rentabellikka boʻlgan xavfli yondashuv va investorlarning entuazimlari (GameStop hikoyasiga oʻxshash) deya baholashmoqda.

Bundan tashqari, bitkoin va ethereumlarʼning muhim qismiga egalik qiladigan va narxlarni oʻz xohishlariga koʻra oʻzgartirishi mumkin boʻlgan kichik foydalanuvchilar guruhi (kitlar) mavjud.

Hatto kriptovalyuta tarafdorlari ham sektorning oʻzgaruvchanligi juda yuqori boʻlishi mumkinligini tan olishadi. Ammo ular bitkoin va ethereum kabi yirik kriptovalyutalar har doim pastlagandan keyin albatta yana qayta tiklanganligini taʼkidlaydilar.