Markaziy bank boshqaruvining qaroriga muvofiq, “PANDA INTERNET TECHNOLOGY” MCHJga to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi.
To’lov tashkilotlarining soni ko’payib borayotgani qonunchilikning yaxshi ishlayotganidan dalolatdir. Ushbu xizmatlarning aksariyati deyarli 10 yildan buyon ishlab kelmoqda, ammo rasmiylar to’lov tashkilotining konseptsiyasi va litsenziyalar berishni faqat o’tgan yili joriy qildilar.
Regulyator tomonidan ro’yxati shakllantirib boriladigan tashkilotlarning 2021-yilning may oyiga kelib 25 taga yetdi. Bular:
- CLICK.
- OSON.
- Payme.
- Paymo.
- Paybox.
- Upay.
- “Uzbekiston pochtasi”.
- EcoPay.
- Paysys.
- alif.mobi.
- WOOPPAY.
- QR-pay.
- MyUzcard.
- GlobalPay.
- ATTO.
- MARTA.
- WEBSUM.
- YurtPay.
- Choykhona.
- ZPLAT.
- A-Pay.
- Tez Pay.
- PayLoad.
- INTERPAY SYS.
- “PANDA INTERNET TECHNOLOGY”
Avvalroq Spot, “INTERPAY SYS” ga to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilganligi haqida xabar bergan edi.