Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini o‘rganishga bag‘ishlangan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida"gi Qonunning mazkur moddalariga ko‘ra endi “Facebook Inc.”, “Google”, “Mail.ru”, “Microsoft”, “Telegram”, “Tencent”, “TikTok”, “Twitter”, “Yandex” kabi ijtimoiy tarmoqlar va internet kompaniyalar fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishda ushbu ma’lumotlarni O‘zbekiston hududiga o’tkazishlari shart. Ularga tegishli murojaat xatlari yuborilgan.

Bu uchun Pd.gov.uz axborot tizimi yaratillgan.

Qonun normasi kuchga kirganiga 1 oy bo‘lgan bo‘lsada vakolatli davlat organi tomonidan mazkur soha bo‘yicha ko‘zga ko‘rinadigan natijalarga erishilmaganligi deputatlarning jiddiy e’tiroziga sabab bo‘ldi.