Ushbu fond Shorts xizmati yaratuvchilariga 2021- va 2022-yillar davomida eng koʻp koʻrilgan kontent uchun pul toʻlaydi, deya yozmoqda TechCrunch.

Mualliflar kontent ishlab chiqarishda yordam soʻrab fondga murojaat qila olmaydi. YouTube har oy eng koʻp tomoshaga ega boʻlgan videolar mualliflarini mukofotlab boradi. Kompaniya har oy minglab ijodkorlarga “pul tarqatishi” kutilmoqda. Buning uchun YouTubeʼning hamkorlik dasturida ishtirok etishning hojati yoʻq, shunchaki Shorts uchun original kontent yaratib borilsa kifoya.

YouTube fondning faoliyati, mualliflar qanday tasdiqlanishi va qancha pul olishlari haqida batafsil maʼlumot bermadi. Kompaniya faqat “original” kontent mukofotlanishini taʼkidlamoqda.

Kompaniya original deganda, videoning “Reels”, “Snapchat” yoki “TikTok” kabi boshqa platformalarga yuklanmaganligini nazarda tutmoqda.

YouTube Shorts xizmatini shu yilning mart oyida sinovdan oʻtkaza boshlagandi. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, u kuniga 3,5 milliarddan ortiq tomosha qilinadi.