Tadbirkorlikni boshlamoqchi boʻlgan insonlarning aksariyat qismida umumiy ovqatlanish yoʻnalishiga qiziqish katta boʻladi. Bir tomondan bugungi kunda restoran ochish juda qimmat va xavflidek koʻrinsa ham, mazkur yoʻnalishga boʻlgan talab har doim aktual hisoblanadi. Bozorda esa qanchalik raqobatchilar koʻp boʻlmasin, oʻz oʻrningizni topishga har doim imkon bor. Agar kattaroq kafe yoki tamaddixona ochishga mablagʻ boʻlmasa, eng yaxshi yechim bu — keytering.

Eʼtibor bering: Keltirib oʻtilayotgan narxlar oʻrtacha qiymatdan olingan boʻlib, real narxlar bilan farqlanishi mumkin.

Xarajat va foyda

Keytering kompaniyasining ishi ikki yoʻl bilan amalga oshirilishi mumkin:

  1. Oʻz oshxonasi va oshpazlariga ega shoxobcha shakli
  2. Restoran va mijozlar oʻrtasidagi vositachilik.

Birinchi holda ish oshxonani jihozlash va sanitariya-epidemiologiya meʼyorlariga muvofiqligi bilan bogʻliq. Ikkinchi variant esa kichik sarmoyalar bilan biznesni boshlash niyyatidagilar uchun koʻproq mos keladi. Spot ham ikkinchi usulni koʻrib chiqadi.


Loyihaga dastlabki sarmoyalar taxminan $2800 ni tashkil etadi. Sof foyda — $700 dan iborat.

Boshlangʻich xarajatlar

Xarajatlar
Narxlar ($ birligida)
Roʻyxatdan oʻtkazish
50
Ofis uskunalari
550
Veb-sayt
400
Reklama kampaniyasi
300
Boshqa xarajatlar
50


Oylik xarajatlar

Ofis ijarasi

300
Xodimlar uchun ish haqi
850
Avtomobil ijarasi
300


Keytering korxonasida kamida ikkita bino boʻlishi kerak. Asosiy talab shaharning transport tuzilmasiga yaqinligi. Ofis jihozlari uchun asbob-uskunalarni masalasida pulingizni tejashingiz mumkin, boshlanishiga buyurtmalarni restoran va kafelarning oshxonalaridan bajarib turasiz. Bu kam miqdordagi kapital bilan biznes boshlash uchun yoʻl hisoblanadi. Minimal ravishda, ushbu jihozlarni olish tavsiya etiladi:

  • kompyuter
  • printer va boshqa ofis uskunalari
  • telefon
  • xodimlar va mijozlar uchun mebel.

Xaridorning buyurtma manziliga oziq-ovqat va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni oʻz vaqtida yetkazib berish uchun Sizga avtomobil kerak boʻladi. Shaxsiy avtomashina boʻlmasa, uni ijaraga olishni tavsiya etamiz. Siz transport kompaniyasi bilan xizmatlar koʻrsatish uchun doimiy shartnoma tuzishingiz mumkin.

Narx va tariflar

Bu eng qiziqarli nuqta. Turli xil narx segmentlari uchun takliflar tuzib chiqing: masalan, premium, biznes-klass, ekonom klass va boshqalar.


Shuningdek, turli tadbirlar uchun: toʻy, bolalar, korporativ va boshqa menyularni tayyorlab qoʻyish kerak. Har bir taklifning byudjeti asosida ushbu toifadagi ovqatni tayyorlaydigan shoxobchalar bilan bogʻlaning. Hamkorlarni topish oson boʻlmaydi, ammo doimiy shartnomaviy munosabatlar sizning umumiy keytering ishingizda muvaffaqiyat garovidir.

Xodimlar

Kompaniyaning xodimlari uning koʻlamiga bogʻliq. Sizga kamida quyidagi ishchilar kerak:

  1. menejer (koordinator)
  2. buxgalter
  3. ofitsiantlar va xizmat koʻrsatuvchilar (kamida 4 ta)
  4. haydovchi.


Odatda, ofitsiantlar soni maʼlum bir tadbirda mehmonlar soniga bogʻliq boʻladi. Kompaniya egasi boshlanishiga mijozlarni qidirish, shartnomalar tuzish va butun jarayonni muvofiqlashtirishni oʻz zimmasiga olishi kerak. Kelajakda sizga qoʻshimcha xodimlar, shuningdek, yurist yordami kerak boʻlishi mumkin.

Reklama kampaniyasini tashkil etish

Keytering xizmatlarini reklama qilish uchun minimal darajada sizga quyidagi tadbirlar kerak:

  • mijozlarga chegirmalar berish tizimi
  • veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlarda sahifangizni ishlab chiqish va targʻib qilish
  • qoʻshimcha chegirma uchun mijozlar fikri tizimi
  • bosma reklamarni tashkilotlarga tarqatish.

Xulosa

Barqaror buyurtmalar soni bilan doimiy xizmat koʻrsatish guruhini shakllantirish sizga foydali boʻladi. Logotip va korporativ qoidalarni ishlab chiqish, xodimlar uchun markali idishlar va libos buyurtma qilish lozim. Ushbu usullarning barchasi kompaniyaning imidjini yaratadi.

Eng muhimi — boshlab koʻrishdan qoʻrqmaslik kerak. Agar Sizda mazkur yoʻnalishga qiziqish uygʻongan boʻlsa, oʻzingizni sinab koʻrishni tavsiya etamiz.