Fransiya kompaniyalar konsortsiumi turizm infratuzilmasini rivojlantirishga yordam beradi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar beradi.

O‘zbekiston-Fransiya hukumatlararo komissiyasining savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha (IGK) VIII yig‘ilishi o‘tkazildi.

Uchrashuv doirasida “MEDEF International” fransuz tadbirkorlari harakati bilan birgalikda tashkil etilgan o‘zbek-fransuz biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda “Airbus”, “Poma”, “Mnd”, “Keran”, “Compagnie des Alpes” kabi yirik fransuz kompaniyalarining 15 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.

Shuningdek, Fransiya G‘aznachiligi bilan Fransiyaning “Geode-Manie Lives-Compagnie des” kompaniyalari konsortsiumi tomonidan amalga oshirilgan “Beldirsoy-Chimyon-Nanay” “Alp-Patriarx MVK” qurilish loyihasini amalga oshirish uchun 47,9 million yevro miqdorida kredit jalb qilish to‘g‘risidagi shartnomasi imzolandi.

Shu bilan birga, alkogol va tamaki bozorini tartibga solish agentligi bilan hamkorlikda Ingevin kompaniyalari konsortsiumi bilan vinochilikni rivojlantirish va Adekvat Vostok fransuz “chateau” tamoyiliga asoslangan innovatsion patentlangan “EODE” konsepsiyasida sharob klasteri uchun texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqishga doir memorandum imzolandi.

Shuningdek, “Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro mavsumiy dam olish maskanini tashkil etishga doir loyihani moliyalashtirish to‘g‘risidagi protokol imzolandi. Mazkur dam olish maskanining kontseptsiyasi va iqtisodiy modeli fransuz “Orex Loisirs”, “Compagnie des Alpes”, “Geode”, “Egis”, “Epode” va “Patriarch” kompaniyalari konsortsiumi tomonidan ishlab chiqilgan.

Ushbu loyihaning umumiy qiymati 480 million dollarni tashkil etib, loyiha doirasida turizm infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan osma ko‘priklar va chang‘i yo‘llarini qurish rejalashtirilgan.

Kelgusida turizm maskanlari hududida tuya, echki va asalarichilikni rivojlantirish asosida qo‘shimcha xizmat turlarini ham tashkil etish nazarda tutilgan bo‘lib, bunda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun o‘zaro yaqin aloqalarni o‘rnatish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Avvalroq Spot, Fransiya Muqobil energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilinishi haqida xabar bergan edi.