“PUBG Mobile” ishlab chiquvchilari 7−13-may kunlari o’tkazgan tekshiruvlarda 1,5 mln foydalanuvchilarning akkauntlarini bloklab qo’yishdi.
Buning asosiy sababi o’yin haqqoniyligini buzuvchi chit dasturlardan foydalanganlikdir. Bular: Avtomatik ravishda o’q otish, Rengen ko’rish qobiliyati, tezlikni oshirish, uron sohasidagi yaxshilanishlar mavjud dasturlardir.
Bloklangan foydalanuvchilarning asosiy qismi bronza (boshlang'ich) darajasiga ega bo’lgan. Ular akkauntlari bloklanganligidan norozi kayfiyatda xabar qoldirishmoqda.
Ma’lumot uchun, PUBG o’yinlari 2019-yilning mart o’yida taqdim etilgan edi. Vaqt o’tgan sayin nohaq yo’llar orqali yuqori ko’rsatgichga erishmoqchi bo’lganlar soni oshib bormoqda. Bu uchun ular maxsus chit dasturlardan foydalanishmoqda.