Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida kamida 200 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi quriladi. Loyihani amalga oshirishga 54 ta xalqaro kompaniya qiziqish bildirdi.

Auksionning yakuniy bosqichiga quyidagi mashhur kompaniyalar kirishdi:

  • Masdar (BAA) e’lon qilgan quvvat 457 MVt, 1kVt.s uchun $0,018;
  • Jinko Power (Xitoy) — 500 MVt, 1kVt.s uchun $0,022;
  • ACWA Power (Saudiya Arabistoni) — 354 MVt, 1kVt.s uchun $0,025;
  • Total Solar (Fransiya) — 400 MVt, 1kVt.s uchun $0,034.

Tanlov g‘olibi moliyaviy takliflar baholangandan so‘ng e’lon qilinadi.

Ushbu loyiha OTB ko‘magi bilan amalga oshirilayotgan umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalarini qurish dasturining bir qismi. Dastur 2030 yilga qadar mamlakatda 5 GVtgacha ekologik toza energiya ishlab chiqarish strategiyasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.

Avvalroq Spot,ACWA Power, Masdar O’zbekistonda amalga oshirayotgan loyihalari haqida xabar bergan edi.