Bitkoin narxi tushishda davom etmoqda. Bir necha kun oldin uning narxi taxminan $43 mingni tashkil etgan boʻlsa-da, hafta davomida bu pasayish 31% ni tashkil etdi, deya xabar bermoqda “Bloomberg”.
CoinMarketCap maʼlumotlariga koʻra, bitkoinning kriptovalyuta bozoridagi ulushi 2018-yil iyunidan beri birinchi marta 40% dan pastga tushib ketdi. Ushbu xabar nashr etilayotganda, kriptovalyuta kursi $39 429 ni tashkil etmoqda.
Maʼlumot uchun, Xitoy Xalq banki raqamli tokenlarni toʻlov shakli sifatida ishlatib boʻlmasligi haqida yana bir bor bayonot berganidan soʻng, bitkoin va boshqa yirik kriptovalyutalar qiymati pasayib ketdi.
Bundan tashqari, oʻtgan hafta Tesla bosh direktori Ilon Mask kriptovalyutaga nisbatan pozitsiyasini ommaviy ravishda oʻzgartirishi ham sabab boʻldi, chunki kompaniya bitkoinni elektromobil uchun toʻlov sifatida qabul qilishni toʻxtatgan edi.