Xitoy hukumati kriptoaktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishni yuqori darajada xavfli deb hisoblamoqda. Ularning narxi keskin ko’tarib tushishi xususiy firma yoki kompaniyalar faoliyatiga ta’sir ko’rsatmasdan qolmaydi, deya xabar berad i Reuters nashri.

“So'nggi paytlarda kriptovalyutaning narxi keskin ko’tarildi va shu asnoda tushib ketdi, spekulyativ kriptovalyuta savdosi yana tiklandi, odamlar mol-mulki xavfsizligiga jiddiy zarar yetdi va normal iqtisodiy va moliyaviy tartibni buzdi”, — deya fikr bildiriladi XXR bank assotsiatsiyasi va XXR To’lov va kliring uyushmasida.

Kompaniyalarga kriptovalyutani saqlash xizmatlarini ko’rsatish, kriptoaktivlarni garov asosida taqdim etish yoki unga ishonish, shuningdek unga asoslangan moliyaviy mahsulotlarni chiqarish taqiqlandi.

Xitoy hukumati kripto valyutasining haqiqiy qiymatini tasdiqlovchi hujjat yo’qligini va shuning uchun doimiy manipulyatsiya obyekti ekanligini va undan foydalangan shartnomalar Xitoy qonuni bilan himoyalanmaganligini eslatdi.

Avvalroq Spot, Turkiya hukumati kriptovalyutalardan foydalanishni taqiqlagani haqida xabar bergan edi