O‘zbekiston va Qozog‘iston yagona sayyohlik vizasi “Silk Road Visa"ni joriy etish bo‘yicha barcha texnik masalalarni kelishib oldi.
Loyihani amalga oshirish uchun chet elliklar ariza qoldirishi mumkin bo‘lgan portal ishga tushiriladi. Murojaatga javob 48 soat ichida beriladi.
“Osiyo Shengeni"ni ishga tushirishning aniq sanasini ikki tomonlama komissiya belgilaydi, loyiha hali davlatlarning o‘zida ichki kelishish tartibidan o‘tishi lozim.
Qirg‘iziston va Ozarbayjon “shengenga” qiziqish bildirmoqdalar, shuningdek, Tojikiston, Mo‘g‘uliston va bir qator Kavkazorti respublikalari ham uning ishtirokchilari bo‘lishi mumkin.