2021-yilning 1-may holatiga koʻra, faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) 439927 ta boʻlib, shundan xususiy korxonalar soni 91738 tani (20,9%) tashkil etmoqda. Bu haqda davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.
Unda aytilishicha, faoliyat koʻrsatayotgan xususiy korxonalar sonining yuqori koʻrsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
- Toshkent shahri — 12909 ta
- Fargʻona viloyati — 11190 ta
- Qashqadaryo viloyati — 9768 ta
- Surxondaryo viloyati — 7307 ta
- Namangan viloyati — 7286 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha esa korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
- savdoda — 35387 ta
- sanoatda — 16334 ta
- yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarda — 8003 ta
- qurilishda — 7732 ta
- qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida — 6662 ta
Avvalroq Spot, korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning oʻrtacha oylik ish haqi xabar bergan edi.