Davlat statistika qo‘mitasi 2021-yilning aprel oyida ishlab chiqarilgan avtomobillar haqida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan bir oy ichida O‘zbekistonda jami 20 533 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Aprel oyida ishlab chiqarilgan avtomobillar soni:

  • Damas — 5 615 dona;
  • Cobalt — 5 541 dona;
  • Lacetti-Gentra — 3 648 dona;
  • Nexia T-250 — 2 321 dona;
  • Spark — 2 023 dona;
  • Labo — 1 385 dona.

Avvalroq Spot, Cobalt yil boshidan boshlab eng koʻp ishlab chiqarilgan avtomobil boʻlganligi haqida xabar bergan edi.