Spot hh.uz sayti orqali O’zbekistondagi banklardagi bo’sh ish o’rinlari haqida ma’lumot to’pladi. Unga ko’ra, hozirgi vaqtda “ANOR BANK”, “Davr BANK” va “Orient Finans Bank” kabi tijorat banlarida 50 ga yaqin bo’sh ish o’rinlari mavjud. O’rtacha oylik maosh 3- 3,5 mln so’mdan boshlanadi. Ish tajribasi lavozim turiga qarab turlicha talab qilinadi.

Orient Finans Bank

  1. Chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirish bo’yicha bosh mutaxassis — oylik maosh 3,5 mlndan- 5 mlngacha. Talab qilinadigan ish tajribasi 6 yildan yuqori bo’lishi kerak. Batafsil bu yerda.
  2. Hisobchi — oylik maosh 2 mln so’mdan boshlanadi, ish tajribasi 1−3 yil bo’lishi talab qilinadi.

Saderat Iran Tashkent Bank

  1. Valyuta operatsiyalari bilan ishlovchi mutaxassis. Oylik maosh miqdori suhbat jarayonida kelishib olinishi aytib o’tilgan. Ish tajribasi 1−3 yilgacha bo’lishi kerak. Nomzod kompyuter dasturlarini yaxshi bilishi va bank qonunchiligidan xabardor bo’lishi talab etiladi.

TBC bank

Gruziyaning O’zbekistondagi banki moliyaviy sohada 37 ta aktiv bo’sh ish o’rinlarini taqdim etmoqda. Ular asosan, informatsion texnologiyalar, savdo, marketing va reklmaa, yuridik soha va boshqa bo’limlarda mavjuddir. Eng ko’p tanlov Bank, investitsiya va lizing sohalarida taqdim etilmoqda.

Shuningdek, vakant lavozimlar Toshkeny shahridan tashqari Nukus, Andijon,Farg'ona, Buxoro, Samarqand, Urganch va Qo’qonda borligi ko’rsatilgan. Oylik maoshlar ko’rsatilmagan. Nomzoddan talab qilinadigan xususiyatlar bilan har bir vakantda alohida tanishishingiz mumkin. Batafsil bu yerda.

**Quyidagi ma’lumotlar maqola nashr qilingan vaqtda aktual hisoblanadi va Spot shartlar tez-tez o‘zgarib turayotganligi bois ma’lumotlarni aniqlashtirish yuzasidan saytni kuzatib borishni maslahat beradi.