Microsoft Inc. korporatsiyasi “Internet Explorer” brauzerini 2022-yilning 15-iyunidan song butunlay ishlashdan to‘xtashi haqida xabar berdi.
Oldingi dasturiy ta’minotdan voz kechishning asosiy sababi — foydalanuvchilar xavfsizligining yuqoriligini ta’minlay olmaganligidir.
“Edge"da esa fishing hujumlari va zarar yetkazuvchi dasturlardan himoyalanish imkoni mavjud.Shuningdek, ilova ma’lumotlar oqimini nazorat qila oladi.
Internet Explorer rejimi Edge’ga o‘rnatilishi, bu veb-sahifalarning zamonaviy va eski versiyalarini qo‘llab-quvvatlaydigan yagona brauzerga aylanishi ta’kidlangan.
Korporatsiya ma’lumotlar va parollarni IE’dan Edge’ga oson tarzda o‘tkazish mumkinligini qo‘shimcha qildi. Kompaniya Internet Explorerni asosiy brauzer sifatida ishlatadigan korxonalar uchun ko’rsatmalar ro’yxatini allaqachon tayyorlab qo‘ygan.