“Ookla” kompaniyasi Speedtest.net servisi 2021-yil aprel oyi natijalariga oid yangi maʼlumotlarni eʼlon qildi. Unga koʻra, Oʻzbekistonning mobil internet tezligi yaxshilanganligi qayt etildi.
Taʼkidlash kerakki, bir yil ichida Oʻzbekiston simli internet tezligi boʻyicha 1,5 barobarga (51,8 foizga) oʻsganligi qayd etildi, yaʼni 25,82 Mbit/s. dan (2020-yil aprel holatiga koʻra) 39,2 Mbit/s. gacha (2021-yil aprel holatiga koʻra). Soʻnggi uch yil ichida esa, Oʻzbekistonda simli internet tezligi uch barobarga oʻsdi.
Mobil internet tezligi boʻyicha ham ijobiy koʻrsatkichlar qayd etildi, ya’ni joriy yil aprel oyi natijalariga koʻra, Oʻzbekiston yana toʻrtta pogʻonaga koʻtarildi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda mobil internet tezligi 9,68 Mbit/s. dan (2020-yil aprel holatiga koʻra) 17,28 Mbit/s. gacha oʻsdi (2021-yil aprel holatiga koʻra). Bir yil ichida ushbu koʻrsatkich 78,5 foizga koʻtarilgan.
Estama: yanvar oyida yuklash bo‘yicha tezlik 34,62 Mbit/s mo tashkiletgan edi.